Belarus o‘zining bir qator korxonalaridan Rossiyaga go‘sht mahsulotlari eksport qilishni vaqtinchalik to‘xtatdi, deb aytilmoqda Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotinning Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvert nomiga yozilgan maktubida.
Hujjatda Belarus tomoni sifat standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini keltirib chiqargan omillarni tergov qilishni tashkillashtirgani aytilgan.
Avvalroq Rosselxoznadzor Belarus veterinar va oziq-ovqat nazorati departamentiga belaruslik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida ma'lum qilinmagan gen-modifikatsiyalashgan komponentlar aniqlangani sababli Belarusning bir qator korxonalaridan Rossiyaga mahsulot yetkazib berilishini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilgandi.