Bashar Asad: Yevropadagi muammolar g‘arblik yetakchilarning xato siyosat yuritishi oqibati

Jahon 22:35 / 10.07.2016 8089

Yevropada kirib keluvchi qochqinlar oqimi ortishiga G‘arb davlatlari yetakchilarining noto‘g‘ri siyosat yuritishi sabab bo‘lgan. Suriya arab respublikasi prezidenti Bashar Asadning fikricha bu siyosatchilar Suriyadagi terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi mana shunday oqibatlarni keltirib chiqargan.  

«Siriya va Yaqin Sharq mintaqasida nima ro‘y berayotgan bo‘lsa, bu geografik joylashuv va ijtimoiy aloqalar tufayli Yevropaga kuchli ta'sir ko‘rsatmoqda. Yevropa to‘qnashayotgan muammolar, terrorizmdan boshlanib, qochqinlar oqimi bilan davom etadi. Bularning barchasi bir qator g‘arblik siyosatchilarning nato‘g‘ri olib borgan siyosati natijasi. Ular tutgan yo‘l xalqlar manfaatlariga zid. Axir bu siyosatchilar Suriyadagi terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashdi», — degan Asad Damashqda Yevroparlamentning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Haver Kuosa boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv vaqtida.

Sana agentligi xabarida keltirilishicha, suriyaliklar yetakchisi Yevroparlamentning bu xato siyosat oqibatlarini bartaraf etishda o‘rni muhimligini qayd etgan. U yevropalik siyosatchilar terrorizmni rivojlantirish bilan birga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash orqali suriyaliklarni och qolishga hamda mamlakatni tark etishga majbur qilishganini qayd etib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: