Alabamada pensioner o‘g‘lining uyiga o‘t qo‘yib, o‘z rafiqasini garovga oldi

Jamiyat 12:04 / 10.07.2016 5857

Amerikaning Alabama shtatida istiqomat qiluvchi shaxs, pistolet va vintovka bilan qurollangan holda kelib, o‘z o‘g‘lining uyini yoqib yubordi hamda o‘z rafiqasini garovga oldi. Bu haqda WPMI Local 15 News xabar tarqatgan. Voqea 9 iyul kuni Rendolf okrugida ro‘y bergan.

77 yoshli bu pensioner uydan tashqari o‘g‘liningo avtomobili va boshqa xo‘jalik anjomlariga o‘t qo‘ygan. Shuningdek, uy sohibining itini otib tashlagan.

Al.com portali xabariga ko‘ra, bu amerikalik yo‘lda avtofurgonni to‘xtatgan va 2 kishini garovga olgani aytilgandi, lekin bu ma'lumot tasdiqlanmadi.

Voqea joyiga yetib kelgan huquq tartibot organlari xodimlari otishma chog‘ida jinoyatchini yo‘q qilib, ayolni qutqargan. Otishma vaqtida politsiyachilardan biri jarohatlangan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: