Yaponiyada parlamentning yuqori palatasi uchun saylovlarda tarkibiga mamlakat bosh vaziri Shinzo Abe rahbarligidagi Liberal-demokratlar partiyasi va «Komeyto»ni olgan hukumatdagi koalitsiya yetakchilik qilmoqda. Bu haqda NHK telekanali exit polls manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
Saylovlar 32 okrugdagi 48 mingta saylov uchastkasida o‘tkazilgan. Aniqlik kiritilishicha, saylov yakuniga 2 soat qolganida davomat 32,49 foiz edi. Niigata, Yamagata va Mie prefekturalari aholisi saylovda nisbatan faolroq bo‘lgan.