Italiyalik mashhur modeler Jorjo Armani Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi uchun kiyim ishlab chiqaradi. Bu haqda “Armani guruhi” matbuot xizmati ma'lum qilgan. Aytilishicha, “Armani” boshqa futbol klublari bilan hamkorlik qilmaydi.
Armani ancha vaqtdan beri sport kiyimlari tayyorlash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi. Brendning eng katta muvaffaqiyati London-2012 Olimpiada o‘yinlarida Italiya milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilib, terma jamoaga kiyimlar tayyorlab bergandi. "Armani" kiyimida italyan sportchilar Sochida o‘tgan qishki Olimpiada o‘yinlarida musobaqada qatnashishgan edi.
"Skuadra adzurra"ning yangi kolleksiyasi Rioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ham namoyish etiladi. Har bir sportchi, jumladan, paralimpiya jamoasi ham brendning qator kiyimlari bilan ta'minlanadi.
Foto:TASS