O‘zbekistonning e-kommunal.uz internet portalida yangi o‘zgarish va qo‘shimchalar paydo bo‘ldi.
Endilikda, uning foydalanuvchilari o‘zlarining hisobidagi mablag‘ni tekshirishlari va qattiq xo‘jalik chiqindilarini olib chiqishlari uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Buning uchun portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi, o‘zining shaxsiy xonasidagi maxsus bo‘limda hisob raqamini ko‘rsatishi, so‘ngra "U-PAY" yoki "MBANK" to‘lov tizimi vositasida pulni o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarga yangi qarorlar bilan tanishib borish imkoniyati ham taqdim etiladi.
Umuman, portal sentabr oyiga borib to‘liq yangilanishi kutilmoqda.