Turkiya janubi-sharqidagi Mardin provinsiyasida bomba portlashi oqibatida mamlakat qurolli kuchlarining 11 nafar harbiy xizmatchisi jabrlangan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari, qo‘lbola bomba o‘rnatilgan mashinani portlatib yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy Anqara KIPni terroristik tashkilot, deb e'lon qilgan.
Voqeaning boshqa tafsilotlari xabar qilinmayapti.