Toshkentda kuchli akkumulyatorga ega bo‘lgan Philips Xenium X1560 telefoni sotila boshladi. Bu haqda Mobinfo xabar bermoqda.
Bu telefonning bir quvvatlantirilganda kutish rejimida 100 kun, suhbatlashishda esa 40 soatgacha ishlay oladi.
Xenium X1560 2900mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lib, uning yordamida USB-port orqali boshqa smartfonlarni quvvatlantirish mumkin.
2ta SIM-kartadan foydalanish imkonini beradigan telefonda microSD xotirasi kartasi uchun slot hamda FM-radio tinglash imkoni mavjud.
Philips Xenium X1560 telefondan faqatgina qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda foydalanadiganlar uchun qo‘l keladi. Sababi u fotokamera hamda 3G aloqaga ega emas.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Philips Xenium X1560 744 ming so‘mdan sotilmoqda. (2016 yil 2 iyun holatiga ko‘ra)
Telefonni yuqoridagi narxda sotib olishga “Kun” nashri kafolat bermaydi.