AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida qulagan uncha katta bo‘lmagan bir motorli samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, xususiy aerodromdan parvoz qilgan Piper PA-32 samolyoti halokatga uchragan.
Piper PA-32 bortida to‘rt kishi bo‘lgan, ularning bari halok bo‘lgan. Samolyot turar-joy binosiga borib urilgan. U yerda qurbon bo‘lganlar yo‘q.
AQShning federal aviatsiya boshqarmasi voqea yuzasidan tekshiruvni boshlab yuborgan.