Suriyada yana 2 rossiyalik uchuvchi halok bo‘ldi

Jahon 22:23 / 09.07.2016 17220

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada Rossiyaning Mi-25 rusumli harbiy vertolyoti urib tushirilgani va undagi 2 uchuvchi halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

"2016 yilning 8 iyulida rossiyalik harbiy uchuvchi-konstruktorlar Ryafagat Xabibulin va Yevgeniy Dolgin Suriyaning Mi-25 rusumli harbiy vertolyotida Homs viloyatiga uchishgan.

Uchish vaqtida, vertolyot Palmira hududida harakatlanayotganida IShID jangarilari unga hujum qilishgan va vertolyot urib tushirilgan", deyiladi vazirlik xabarida.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘q-dori olib ketayotgan vertolyot hujumga uchragach, ortga qaytgan va Suriya hukumati armiyasi nazoratidagi hududga qulagan.

Ikkala uchuvchi ham vafotidan keyingi davlat mukofotlariga ko‘rsatildi.

Ko‘proq yangiliklar: