NATO O‘rta Yer dengizida "Dengiz qo‘riqchisi" deb nomlangan ko‘p maqsadli operatsiyani boshlamoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda NATO kengashining davlatlar yetakchilari darajasidagi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra berilgan matbuot-anjumanida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
Avvalroq Stoltenberg NATOning Qora dengizda joylashuvini kengaytirish haqidagi qaror kuzda qabul qilinishini ma'lum qilgandi.