Rossiya TIV 2 nafar rossiyalik diplomatning AQShdan chiqarib yuborilganini tasdiqlash barobarida Moskvadagi Amerika elchixonasining ikki nafar xodimi ham Rossiyani tark etayotganini ma'lum qildi.
«Shuni tasdiqlay olamanki, AQSh hukumati, 17 iyunda Moskvada amerikalik diplomatga qilingan hujum sabab ikki nafar xodimimizdan chiqib ketishni so‘ragan. Ularga nisbatan biron-bir sabab ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari, Davlat departamenti yuqori darajada bu holatni e'lon qilmaslikni so‘ragan edi. Endilikda, amerikalik diplomatlar o‘zlariga xos odat bo‘yicha so‘zlarida turmay, bu ishni oshkor qilishga qaror qilishgan ekan, ularning nodo‘stona hatti-harakatlari AQSh elchixonasining ikki xodimiga ham Moskvani tark etishiga sabab bo‘lganini aytishim mumkin. Ular, diplomat maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlari uchun «persona non grata»deb e'lon qilindi», — deb bayonot bergan Rossiya TIV o‘rinbosari Sergey Ryabkov.
Ryabkov Moskvani tark etayotganlar MRB xodimlari ekanini qayd etgan.