Portugaliya terma jamoasi hujumchsi Krishtianu Ronaldu Yevro finali arafasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Fransiya – favorit. Axir ular o‘z uylarida o‘ynashmoqda. Butun mamlakat ularni qo‘llab-quvvatlab turibdi. Lekin bu final va har narsa bo‘lishi mumkin. Biz barchasiga tayyormiz. Lekin bizga juda qiyin bo‘ladi.
Turnir davomida Portugaliyani hali hech kim yenga olmadi, fransuzlar ham buni uddalay olmasligiga umid qilaman.
Agar men Portugaliya terma jamaosi bilan sovrindor bo‘lsam, bu katta yutuq. Men hamisha shuni orzu qilganman.
Men terma jamoamiz g‘alabasiga ishonaman, sheriklarim ishonishadi, butun Portugaliya va Fransiyadagi portugaliyaliklar ishonishadi.
O‘zgacha hissiyotlar og‘ushidaman. Men yana finalda o‘ynayman. Endi men Portugaliya uchun ikkinchi marta final o‘yini o‘tkazaman», – degan futbolchi.
19 yoshida Ronaldu milliy terma jamoa bilan Yevropa chempionati finalida o‘ynagan, ammo o‘shanda, 2004 yili Portugaliyada kechgan turnirda g‘oliblik Gretsiyaga nasib etgandi.
Portugaliya 10 iyul kuni Yevro-2016 turniri bosh sovrini uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Tribuna.uz