“Arsenal”ning chexiyalik darvozaboni Petr Chex nima uchun terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
“Men yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan nuqtaga yetib keldim. Men bu qarorni faqatgina futbol tomonlama yondashib qabul qildim.
Men 34 yoshga to‘ldim va keyingi katta musobaqa 2 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadi – bu juda uzoq muddat. Ba'zan kelajak uchun murakkab qarorlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Men to‘g‘ri qaror qabul qilganimga ishonaman”, – dedi Chex.
Ma'lumot uchun, Chex terma jamoa tarkibida 124 ta uchrashuvda maydonga tushib, 115 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Manba: Tribuna.Uz