Obama Dallasdagi otishma sabab Yevropa safarini yakunlaydigan bo‘ldi

Jahon 09:19 / 09.07.2016 5392

AQSh prezidenti Dallasda qurbonlar politsiya xodimlari bo‘lgan qirg‘in sabab Yevropa safarini bir kun oldin tamomlaydigan bo‘ldi. U keyingi hafta Dallasga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlarga xabar bergan.

"Prezident (Obama) Dallas meri Maykl Roulingsning taklifini qabul qildi va keyingi hafta Dallasga tashrif buyuradi", - deyiladi xabarda.

Avval ma'lum qilinganidek, Obama Varshavada o‘tgan NATO sammitida qatnashdi. Shundan so‘ng u Madridga tashrif buyurib, Ispaniya qiroli Filipp VI va hukumatning boshqa a'zolari bilan uchrashishni rejalashtirgan edi. "Prezident Vashingtonga 10 iyul tunda qaytadi", - deyiladi Oq uy ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: