OAV: "Nepartak" tufayli Xitoyda 420 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi

Jahon 17:18 / 09.07.2016 7522

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Xitoy hukumati Futszyan viloyatiga yopirilgan "Nepartak" to‘foni sabab 420 mingdan ortiq odamni xavfli joylardan ko‘chirishga majbur bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Xinhua agentligi.

Tabiiy ofat, mintaqadagi 5ta aeroportning vaqtincha yopilishi va 400ga yaqin aviaparvozning bekor qilinishiga olib kelgan. 33mingdan ortiq baliqchilik qayiq va kemalari portlarga qaytgan. Viloyat hududida elektr ta'minoti buzilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. 

To‘fon Tsyuanchjou shahar okrugi hududida quruqlikka yetib kelgani xabar qilinayapti. "Nepartak"ning asosiy zarbasi shaharning Shishi uyezdiga to‘g‘ri kelgan. Bu yerda, shamol tezligi soniyasiga 27,8 metrni tashkil etgan. Taxminlarga ko‘ra, to‘fon shimoli-g‘arb tomon soatiga 150 km tezlikda harakatlanib, asta-sekin kuchini yo‘qota boradi. 

Avvalroq, "Nepartak" sabab 220 ming kishi ko‘chirilgani xabar qilingan edi. To‘fonga Mikroneziyadagi tarixiy jangchining nomi berilgan. 


 

Ko‘proq yangiliklar: