NATO sammitining birinchi kuni 8 iyunda hech qanday olamshumul voqeasiz tugadi – alyans unga a'zo davlatlar yetakchilari oxirgi oylar davomida ta'kidlab kelayotgan barcha qarorlarni qabul qildi.
NATO davlatlari Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada 4 ta ko‘p millatli batalon joylashtirilishi va Ruminiyada ko‘p millatli brigadaning yaratilishini e'lon qildilar. Tashkilot NATO raketalarga qarshi hujum tizimining tezkor tayyorgarlikning bazaviy darajasiga chiqarilayotgani va o‘z kibermudofaa ustuvorligini oshirganini ma'lum qildi. Alyans shuningdek Gruziyani mudofaa va xavfsizlik sohasida islohotlarni davom ettirishga chaqirdi.
Rossiya bilan munosabatlar mavzusi ishchi kechki tanovul vaqtida muhokama qilindi va uzoq tungacha davom etdi. Ukraina bilan munosabatlar va NATOning Afg‘onistondagi operatsiyasi sammitning ikkinchi kuni – 9 iyulda muhokama qilinadi.
NATO yetakchilari alyansning 4 ta ko‘p millatli bataloni asosini tashkil qiladigan 4 ta "yetakchi millat" harbiylari qayerda joylashtirilishini rasman e'lon qildi. "Kanada Latviyada o‘ziga "yetakchi millat" rolini oladi, Germaniya Litvadagi batalnonni boshqaradi, Buyuk Britaniya Estoniyada, AQSh esa Polshada "yetakchi millat" bo‘ladi", deb aytdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg matbuot-anjumanda.
Uning aytishicha, batalonlar keyingi yildayoq rotatsiya asosida joylashtiriladi. Har bir batalonning soni ming kishini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
NATO " Qora dengi hududida bo‘lishining muvozanatlashgan kengayishi" qarorini qabul qildi. "Bugun biz Qora dengiz hududi va alyansning janubi-sharqida rumin-bolgar ko‘p millatli brigadasini yaratish bilan muvozanatlashgan harbiy bo‘lishi haqida kelishib oldik, bu brigada alyansning ko‘p millatli kuchlarini har tomonlama tayyorlash uchun baza bo‘ladi", deb aytdi Stoltenberg.
Varshavada ham ikki yil avval Uelsdagi kabi kiberhujumlar muammosiga katta e'tibor qaratildi. Stoltenberg kiberhudud endi "NATO tezkor javobgarligi hududi" hisoblanishini e'lon qildi. Tashkilotga a'zo davlatlar milliy kompyuter mudofaalarini mustahkamlash bo‘yicha ko‘p sonli majburiyatlarni o‘z zimmalariga oldilar, alyans esa bu ishda ularga har tomonlama ko‘mak berishga va'da berdi.