Rimning «Latsio» klubi sport direktori Igli Tare o‘zaro kelishuvni buzib, bosh murabbiylikdan voz kechgan argentinalik mutaxassis Marselo Belsaning xatti-harakatiga izoh berdi.
«U bizni ishontirdi, keyin o‘z fikrini birdan o‘zgartirdi. Unga u xuddi «Real»dan kelgan murabbiy kabi munosabatda bo‘lgandik. Hali u bilan oramiz ochiq bo‘lmadi», – dagen Tare.
Football Italia nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Latsio» rahbariyati shanba kuni matbuot anjumani o‘tkazadi va Simone Indzagi bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi. Shuningdek, rimliklar Belsani sudga berib, undan 50 million yevro talab qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Marselo Belsa «Latsio» bilan shartnoma imzolagan, klub uning hujjatlarini ligaga jo‘natganidan ikki kun o‘tgach esa, o‘z fikrini o‘zgartirib, Italiyaga uchishdan va jamoa bosh murabbiyi bo‘lishdan voz kechgandi.
U o‘z harakatini unga va'da qilingan 4ta transferning birontasi amalga oshirilmagani bilan izohladi.
2008 yilda Argentina terma jamoasi bilan Pekindagi Olimpiada o‘yinlarida chempion bo‘lgan, 2010 yilgi JChda Chilini boshqargan ushbu mutaxassis keyinchalik «Atletik» va «Marsel» jamoalarida ishladi. U o‘zining qiziqqonligi va kutilmagan qarorlar qabul qilishi bilan mashhur.
Manba: Tribuna.uz