KXDR suvosti kemasidan navbatdagi ballistik raketa parvozini amalga oshirdi

Jahon 09:55 / 09.07.2016 6801

Janubiy Koreya Respublikasi Birlashgan shtablar qo‘mitasi rahbarining ma'lum qilishicha, KXDR suvosti kemasidan ballistik raketani uchirgan. 

"Raketa, Xamgen-Namdo viloyati Sinpxo shahri hududidan mahalliy vaqt bilan 11:30 atrofida havoga ko‘tarilgan", - deyiladi bayonotda. 

Aprel oyidan beri Shimoliy Koreya bir necha marotaba Yapon dengizi havzasi tomon ballistik raketalarini uchirib keladi. 

Ballistik raketaning suvga cho‘kish hududi Yaponiya hududiy suvlaridan tashqarida bo‘lgani haqida, Kiodo agentligi xabar qilinmoqda. 
 

Foto:© AP

 

Ko‘proq yangiliklar: