Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi qo‘shinlariga qarashli Ka-52 hujumchi vertolyoti uchuvchilari Latakiya shahri sohillarida dam olayotganlarni o‘ziga xos usulda xursand qilishga qaror qilishdi. Ular, kichik balandlikda bir nechta manyovrlarni amalga oshirishgan va tomoshabinlarning olqishlariga sabab bo‘lgan. Ivan Sidorenko nomli foydalanuvchi ushbu parvozning videolavhasini Twitterdagi sahifasiga joylashtirgan.
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda Mi-28N jangovar vertolyotining parvozi aks etgan videotasvirlar paydo bo‘lgandi. U, Suriyaning Tartus shahri sohillari yaqinida parvoz qilgandi.
Mi-28N va Ka-52 vertolyotlari Suriyaga safarbar etilgani, Rossiya telekanallarida 16 mart kuni efirga uzatilgan yangiliklardan so‘ng, oshkor bo‘lgandi.