Ilhom Aliyev: Ozarbayjon NATOning Afg‘onistondagi missiyasiga hissa qo‘shishni davom ettiradi

Jahon 23:36 / 09.07.2016 4306

Ozarbayjon NATOning Afg‘onistondagi "Qat'iy ko‘mak" deb nomlangan missiyasiga o‘z hissasini qo‘shishni davom ettiradi. Bu haqda NATOning Varshavadagi sammiti doirasidagi nutqida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev aytdi.     

"Ozarbayjon NATOning ishonchli hamkori va Afg‘onistonning do‘sti hisoblanadi, u o‘z askarlari bilan NATO missiyasiga o‘z hissasini qo‘shishni davom ettiradi va tranzit tashishning turlari bilan ta'minlaydi", deb aytdi Aliyev.

Aliyevning ta'kidlashicha, Ozarbayjon afg‘on armiyasiga bir necha marotaba katta yordam bergan. Uning aytishicha, Ozarbayjon Afg‘onistonga harbiylarni o‘qitish, ta'lim sohasida amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: