Yevro-2016 finalini 210-215 mln yevropalik tomosha qilishi prognoz qilinmoqda 

Sport 22:04 / 09.07.2016 5537

Prognozlarga ko‘ra, Yevropa chempionatining Fransiya va Portugaliya o‘rtasidagi final uchrashuvini UYeFA tarkibiga kiruvchi davlatlarning 210-215 mln fuqarosi tomosha qiladi.

Yevro-2004’ning Gretsiya va Portugaliya o‘rtasidagi finali 200 mln, Yevro-2008’ning Ispaniya va Germaniya o‘rtasidagi finali 230 mln, Yevro-2012’ning Ispaniya va Italiya o‘rtasidagi finali 220 mln yevropalikni teleekranlar oldiga to‘plagandi. 

Taqqoslash uchun, oxirgi yillarda "Yevrovideniye" musiqa tanlovi finallarini Yevropaning  150 mln dan 180 mln gacha kishisi, Chempionlar Ligasi finallarini 100 mln dan 130 mln gacha kishisi tomosha qilgan. 

Yevro-2016 finalini butun dunyoda 400 mln kishi yoki sayyoramizning 5 foiz aholisi tomosha qilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: