Eron raketa dasturini rivojlantirishda davom etadi

Jahon 16:06 / 09.07.2016 4914

Eron TIV vakili Bahrom Qasamiyning bayonotiga ko‘ra, rasmiy Tehron, mamlakat mudofaa doktrinasining asosiy bandlaridan biri bo‘lgan raketa dasturini davom ettiradi. 

Eron qurolli kuchlari shu yilning 8-9 mart kunlari o‘zining ballistik raketalari dasturi doirasida sinov parvozlarini amalga oshirgan edi. Germaniya kansleri Angela Merkel esa, 7 iyul kuni Eronning mazkur sinovlari BMT rezolyutsiyalariga nomuvofiq bo‘lganini ta'kidlagan edi. Merkelning fikricha, Tehron yadro kallaklarini nishonga yetkaza oladigan raketalarni mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin emas. 

"Eron yana bir bora, o‘z mudofaa doktrinasi va milliy xavfsizligi nuqtai-nazaridan kelib chiqib, raketa dasturini davom ettirishini ma'lum qiladi. Bunday bayonotlar, mamlakatning raketa dasturini rivojlantirish bo‘yicha huquqini poymol eta olmaydi", — deyiladi Eron TIV bayonotida. 


 

Ko‘proq yangiliklar: