Chechenistonning Shatoy tumanida 9 yoshli bola 170 metrlik jarga tushib ketib, bir shoxni ushlab olgancha omon qoldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Shatoy aholi punktiga kiraverishda bir bola jarlikka qulab tushgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u tog‘ suvidan olmoqchi bo‘lganda jarlikka tushib ketgan. U 80 metr chuqurlikdan keyin bir shoxni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, jar tubigacha yana 90 metr qolgan", deb voqeani aytib berdi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Checheniston bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Yahyoyev.
Uning aytishicha, voqea haqidagi xabarga FVVning qo‘shimcha posti xodimlari kelishgan. Ular bolani alpinistlar moslamasi yordamida tortib olishgan.
Bolakay shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli yaxshi deya baholangan.