Buyuk Britaniya hukumati Brexit referendumining qayta o‘tkazilishiga doir petitsiyani rad etdi

Jahon 16:50 / 09.07.2016 4827

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish masalasiga doir referendumning takroriy o‘tkazilishi haqidagi petitsiyaga rad javobini berdi. Bu haqida petitsiya berilgan saytda xabar qilindi. 

Referendum parlamentning barcha palatalari tomonidan yaxshilab ishlab chiqilganligi ta'kidlandi. Manbaga ko‘ra, bunday saylov “avlodda bir marta o‘tkaziladi” va bosh vazir Devid Kemeron aytganidek, qaror hurmat qilinishi kerak.  

Ma'lum bo‘lishicha, takroriy referendum o‘tkazilish tashabbusiga rad javobi berilgan bo‘lsa-da, petitsiya parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi, chunki u 100 mingdan ortiq ovoz to‘plagan. 

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasiga bag‘ishlangan takroriy saylov o‘tkazilishi talab qilingan petitsiya 4 milliondan ortiq kishi tomonidan imzolangan. 
 
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga doir referendum 23 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz to‘plab, g‘alabaga erishishdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: