Italiya terma jamoasi hamda Turinning «Yuventus» klubi markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Angliyada davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.Uz ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Bonuchchi uchun «Siti» 60 million yevro to‘laydi. Futbolchining o‘zi esa yiliga 8 million yevro maosh oladi. Bonuchchining «Siti»ga o‘tishini Xosep Gvardiola xohlagan.