“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi.
"Leo, senga tajovuz qilayotganlar, “Barselona” va uning tarixiga tajovuz qilmoqda. Biz seni oxirigacha himoya qilamiz! Biz doimo sen bilanmiz", deb yozdi Bartomeu tvitterda.
Avvalroq Messi va uning otasi Xorxe Messi soliqlarni to‘lashdagi firibgarliklar uchun 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Messi 4 mln yevrodan ko‘proq soliqni to‘lashni kechiktirgan.
Biroq Messi ham, uning otasi ham bu ular bilan sodir bo‘layotgan birinchi shunday hodisa va jazo muddati 2 yildan kamroq bo‘lgani uchun jazoni o‘tamaydilar.
Messi hukm ustidan shikoyat qilishini aytgan.