Yaponiya hukumati Shimoliy Koreyaning 9 iyul kuni amalga oshirgan ballistik raketa parvozi borasida keskin fikrlarini bildirdi. Rasmiy Tokio bayonotiga ko‘ra, Pxenyanning suvosti kemasidan raketa uchirishi BMT XK rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzishdir.
"Bu BMT XK rezolyutsiyalarini navbatdagi qo‘pol buzishdir. Shu bois, jahon hamjamiyati uni keskin va qat'iy qoralashi lozim", - degan Abe.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, ushbu sinov "Yaponiya xavfsizligiga jiddiy rahna solmagan".
Avvalroq, Janubiy Koreya Respublikasi Birlashgan shtablar qo‘mitasi, KXDR suvosti kemasidan ballistik raketani uchirgani haqida xabar qilgan edi.