APL klublari 1 iyul kuni ochilgan transferlar oynasining birinchi haftasida yangi futbolchilar uchun 300 million funt sarflab bo‘lishdi.
O‘tgan mavsumda Angliyadagi jamoalar 9 hafta davomida 870 million funt sarflashgandi.
Deloitte prognoziga ko‘ra, 31 avgustgacha bu miqdor milliard funtga yetishi mumkin.
Hozirgacha amalga oshirilgan eng qimmat transferlar «MYu» Erik Bayini «Villyareal»dan 30 million funt, Genrix Mxitaryanni «Borussiya»dan 26 million funt evaziga olishi, «Manchester Siti» esa Ilkay Gundo‘g‘anni «Borussiya»dan 20 million funtga, «Selta» vingeri Nolitoni 13,8 million funtga olishi bo‘lib turibdi. Shuningdek, «Sauthempton» hujumchisi Sado Mane «Liverpul»ga 34 million funtga, Ahmad Musa «Lester»ga 16 million funtga transfer qilingani ham eng qimmatbaho transferlar sirasidan.
Manba: Tribuna.uz