AQShda o‘ynaladigan Mega Millions lotereyasi chiptasi 540 mln dollarlik jyekpotni yutdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Lotereya 8 iyulda o‘ynaldi. 6 ta yutuqli sonni aniqlash imkoniyati 259 milliontaga bittani tashkil qilayotgan edi. Va bu imkoniyat Indiana shtatida bir dollarlik chiptani sotib olgan xaridorga nasib qildi.
Bu yutuq AQSh milliy lotereyalari tarixida yirikligi bo‘yicha 7-yutuq bo‘ldi.
Lotereyaning jyekpoti mart oyidan berib ko‘payib borayotgan edi va bu lotereya tarixida eng uzoq davom etgan yutuqsiz davr bo‘ldi.
Lotereya shartlariga ko‘ra, yutuq egasi butun yutuq miqdorini bo‘lib-bo‘lib 30 yil davomida yoki bittada olishi mumkin, biroq bunda u kattagina soliq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Unda bu vaziyatda yutuq qiymati 380 mln dollargacha kamayib ketadi.
Yutuq 2013 yil dekabridan beri eng katta yutuq bo‘ldi, o‘shanda ikkita yutuqli chipta egalari 648 mln dollarlik jyekpotni bo‘lishib olgandilar. Lotereya tarixidagi eng katta yutuq esa 656 mln dollarni tashkil qilgan va bu 2012 yilda sodir bo‘lgan.
Mega Millions lotereyasi AQShning 43 shtatida, Vashington va Virginiya orollarida o‘ynaladi.