AQSh KXDRning ballistik raketa sinovini qoraladi

Jahon 12:36 / 09.07.2016 5191

Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaning ballistik raketa sinovini keskin qoraladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

AQSh davlat departamenti Pxenyanning raketa parvozini tanqid qilib, u BMT XK rezolyutsiyalariga zid ekanini ta'kidlagan. 

«Biz Shimoliy Koreyani mintaqadagi shundog‘am qaltis bo‘lib turgan tanglikni keskinlashtiruvchi hatti-harakatlardan o‘zini tiyib turishga chaqiramiz. Pxenyan buning o‘rniga zimmasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarsa, yaxshi bo‘lardi», — deyiladi Amerika Davlat departamenti bayonotida. 

Avvalroq, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham KXDRning navbatdagi raketa sinoviga munosabatini bildirib, raketa parvozi XK rezolyutsiyalarini keskin buzishini ta'kidlagan va xalqaro hamjamiyatni mazkur sinovlarni qoralashga chaqirgan edi. 

9 iyul kuni KXDR suvosti kemasidan Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgani to‘g‘risida xabar qilingan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: