1 iyulda “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahri, Yunusobod tumanining Amir Temur shoh ko‘chasida yuz bergan yirik YTH haqida fotoxabar qoldirildi.
Guvohlarning aytishicha, voqea tonggi 4:30 lar atrofida, Nexia va Gentra mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan. Guruh foydalanuvchilaridan voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, Gentra’ning tezligi soatiga 160 kilometr bo‘lgan. YTH natijasida hech kim jabrlanmagan. Har ikki avtoulov haydovchisi ham sog‘ ekanligi aytilmoqda.