AQSh HDK qo‘mondonligi Rossiyaning "Yaroslav Mudryy" qo‘riqchi kemasini yana bir marta O‘rta yer dengizida malakasizlik namoyish etib, xavfli manyovrlarni amalga oshirganlikda aybladi, deb yozmoqda Defence News.
Bu safar, Amerika harbiylarining uqdirishlaricha, 2016 yil 17 iyunda "Gravely" kemasiga nisbatan xavfli masofada yaqinlashgan Rossiya kemasi "Dwight D. Eisenhower" avianosetsiga nisbatan "xavfli va tartibsiz harakatlar"ni amalga oshirgan. Amerika aviatashuvchisi IShID jangarilari egallab turgan nuqtalarga zarba berishga safarbar etilgan.
Bundan tashqari, Vashingtonning ta'kidlashicha, "Yaroslav Mudryy" raketa kreyseri "San Jacinto"ga xavfli masofada yaqinlashgan. U, aviatashuvchining havodan mudofaasini ta'minlaydi. Ayni harakat, Amerika harbiylari tomonidan "anormal, xavfli va malakasiz" manyovr sifatida baholangan.
Foto:Google image