Noqonuniy ravishda uyali aloqa xizmati ko‘rsatgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi 

Jamiyat 01:37 / 01.07.2016 10385

Surxondaryolik Ramil Maxamatullin (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Qashqadaryo viloyatida Ucell uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan Muborak best trade group,  Nasaf kesh naxshab, Sarvarbek sifat savdo hamda Dasht savdo mas'uliyati cheklangan jamiyatlaridan noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan 65 nafar  shaxsning fuqarolik pasporti nusxalariga uyali aloqa sim kartalari xarid qilib, ulardan qonunlarimizga xilof ravishda xalqaro aloqa xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan.

R.Maxamatullin tergov jarayonida shaxsini aniqlashning iloji bo‘lmagan, qo‘shni respublikalik “Anton” va “Kolya” ismli shaxslardan davlatimiz hududiga bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan aloqa moslamasi va boshqa texnik vositalarini olib, Chilonzor tumanidagi ko‘pqavatli uylarning biriga o‘rnatadi va 65 nafar fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari yordamida aholiga noqonuniy ravishda uyali aloqa xizmati ko‘rsata boshlaydi.  U ushbu faoliyati uchun “Kolya” ismli shaxsdan oyiga 900 AQSh dollari xizmat haqi olib turadi. Tegishli tartibda litsenziya olmay, qonunlarimizni chetlab o‘tgan  R.Maxamatullin yashirin faoliyatini uzoq davom ettira olmadi. Uning qilmishlari SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etildi.

Sud tomonidan R.Maxamatullinga tegishli jazo tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: