Nemis poygachisi Magadandan Lissabongacha bo‘lgan masofani sakkiz kunda bosib o‘tishni rejalashtirdi

Jahon 11:18 / 01.07.2016 3429

Germaniyaning mashhur rekordchisi va avtopoygachisi Raner Tsitou jamoasi  30 iyundan Maagadan-Lissabon yo‘nalishidagi avtosayohatini boshladi. U sakkiz kun ichida ana shu yo‘nalishni bosib o‘tmoqchi.

2013 yilda Rayner Tsitlou jamoasi Rus geografiya jamiyati, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va Ginnes rekordlari kitobi vakili bilan hamkorlikda "Amarok. Shimoliy bo‘ri yo‘li" avtomobil ekspeditsiyasini uyushtirgan edi. U Moskva-Yakutsk-Anadyr-Petropavlovsk-Kamchatskiy yo‘nalishlari bo‘ylab, butun Rossiyani aylanib chiqqan edi.

"Magadan va Lissabon Yevroosiyo qit'asining bir-biridan ancha uzoqda joylashgan shaharlaridir. Ular orasidagi farq 15 ming km.ni tashkil etadi. Ular orasini qisqa fursat ichida bosib o‘tish bo‘yicha Rayner Tsitlou rekord o‘rnatishni mo‘ljallagan. U Rossiya, Polsha, Germaniya, Fransiya va Ispaniyani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi”, – deyiladi ma'lumotda.

 

Foto:© Fotolia/ karelnoppe

Ko‘proq yangiliklar: