Yevropa chempionatining birinchi yarim finalchisi aniqlandi. Marselda Polsha hamda Portugaliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. Robert Levendovskining 2-daqiqada kiritgan goliga Renato Sanchesh 33-daqiqada javob qaytardi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar gol ura olishmadi va barchasi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Unda esa Portugaliyaning qo‘li baland keldi. Polsha safida Yakub Blashikovskining zarbasini Rui Patrisio qaytardi va jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
Yevro - 2016. 1/4 Final
Polsha – Portugaliya 1:1 (penaltilar seriyasida: 4:5)
Gollar: Levandovski (2) – Sanshesh (33).
Polsha: Fabianski, Glik, Yendjyeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski, Kryxovyak, Monchinski (Yodlovets, 98), Grositski (Kapustka, 82), Levandovski, Milik.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Soaresh, Fonte, Sanshesh, Vilyam Karvalyu (Danilu Pereyra, 96), Nani, Adriyen Silva (Moutinyu, 74), Joau Mariu (Kuarejma, 80), Ronaldu.