Belarusning yangi banknotalarida 4ta nol olib tashlanadi

Jahon 01:13 / 01.07.2016 6268

Belarusda 2016 yil 1 iyulidan milliy valyuta denominatsiyasi amalga oshiriladi. Bu haqdagi tegishli farmon Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan 2015 yilning 4 noyabrida imzolangandi.

Unga ko‘ra 2016 yil 1 iyulidan 31 dekabriga qadar eski va yangi kupyuralar erkin muomalada bo‘ladi. Eski pul belgilari 2017 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar BMB, Belarus banklari va bank hisoblanmagan kredit-moliya muassasalarida, 2020 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha esa Milliy bankda cheklovlarsiz yangilariga almashtiriladi. 

Belarusning yangi banknotalarida 4ta nol olib tashlanadi, ya'ni yangi 1 rubl eskisiga nisbatan 10 ming rubl nisbatida almashtiriladi. 2009 yilda tayyorlangan yangi kupyuralar 2000 yil namunasidagi an'anaviy banknotalar o‘rnini egallaydi.

1 iyuldan 1 dollar - 2 belarus rubliga teng bo‘ladi. Bu vaqtda 1 rossiya rubli - 3 belarus rubliga teng.

Ko‘proq yangiliklar: