Yaponiyada davlat xizmatchilarining kechki ish vaqtini qisqartirish bo‘yicha kampaniya boshlandi

Jahon 09:57 / 01.07.2016 5037

Yaponiyada davlat xizmatchilarining kechki bo‘sh vaqtlarini kengaytirish bo‘yicha tashviqot ishlari boshlab yuborildi. Ikki oy davom etadigan kampaniyada 220 ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Unda, ishni vaqtliroq boshlash va shunga muvofiq vaqtliroq tugatish tashabbusi ilgari surilmoqda. 

Kampaniyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlat xizmatchilarini xobbi, sport bilan shug‘ullanish yoki shunchaki bo‘sh vaqtini oila davrasida o‘tkazishi uchun ko‘proq bo‘sh vaqt bilan ta'minlashdir, deb xabar qilgan RIA Novosti.

So‘nggi yillarda yapon olimlari va hukumati qo‘shimcha ishlash va ish vaqtining ko‘pligi mehnat samaradorligiga asos bo‘lmaydi degan fikrga kelishmoqda. Chunki, ish vaqtining ko‘pligiga qaramay, Yaponiya yuqori mehnat samaradorligi bilan ajralib turmaydi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: