«Zenit» bosh direktori: Xalkni 40 mln yevroga olib, 4 yildan keyin 56 mln yevroga pulladik

Sport 17:38 / 30.06.2016 4524

«Zenit» bosh direktori Maksim Mitrofanov jurnalistlar bilan uchrashuvi vaqtida Xalkning «Shanxay SIPG» klubiga transfer qilinishi tafsilotlari haqida ma'lum qildi.

«Tasdiqlayman, bugun biz Xalkning transferi bo‘yicha jarayonni yakunladik. Kelishuv qiymati — 55,8 mln yevro. Shuningdek, Xalk yangi jamoasida muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali yana 2 mln yevro bonus sifatida to‘lanishi mumkin. Transferdan tushgan sof foyda - 45 mln yevro. Unga 40 million yevro sarflagandi. 19 mln yevro uning homiylik shartnomalaridagi ishtiroki, merchandayzing orqali kelgandi. Xalk jamoada bo‘lgan vaqtda, o‘tgan 4 yil ichida biz UYeFAda 90 mln yevro daromad qildik.

Bu „Zenit“ va Rossiya futboli tarixidagi eng yirik transfer bo‘ldi. Menimcha endi bu ko‘rsatkich yangilangunicha uzoq yillar o‘tadi», — deya Mitrofanovning so‘zlarini keltiradi «R-Sport».

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: