Toshkentning Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘li sentabr oyida foydalanishga topshiriladi

Jamiyat 23:25 / 30.06.2016 8311

Toshkent shahridagi Taraqqiyot yo‘lining Ohangaron yo‘lini markaz bilan bog‘lovchi yangi qismida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Qurilayotgan olti tasmali ushbu yo‘lning uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foydalanishga topshiriladigan ushbu yo‘l Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi va Parkent ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini oladi va haydovchilarning vaqti hamda avtomobil yoqilg‘isining tejalishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu yo‘lning qurilish jarayonida yo‘l to‘shamasi konstruksiyasining yangi usulidan foydalanilmoqda. Bu bilan yo‘l sifati oshishi barobarida, asfalt-beton qorishmasi sarfi kamaytiriladi.

Yo‘lni foydalanishga topshirish joriy yilning sentabr oyida mo‘ljallangan.

Foto: «Uzavtoyo‘l»

Ko‘proq yangiliklar: