Buyuk Britaniya xalqining Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi qarori qat'iy, endi gap Birlashgan Qirollik hukumati YeIdan ajralish bo‘yicha rasmiy jarayonni qanchalik tez boshlashida. Fransiya prezidenti Fransua Olland bu haqida Echos gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Bu ularning qarori, demak u amalga oshishi kerak. Yevropa va britaniyaliklar munosib bo‘lgan hurmat ajralish jarayoni boshlanishini oqlaydi - har qanday boshqa reaksiya - referendum noqulay natija bergan taqdirda tezlik bilan qaytadan ovoz berishni tashkillashtirish zarurdek fikr uyg‘otadi", - deya ta'kidladi Fransiya prezidenti.
Uning fikricha, hozirgi vaziyatda Yevroittifoqqa birinchi navbatda "ustuvor vazifalarga diqqatini qaratish uchun xavfsizlik va barqarorlik zarur".
"Birlashgan Qirollik bilan faqat Lissabon shartnomasining 50-moddasida ko‘zda tutilgan ajralish jarayoni doirasida muzokaralar olib boriladi hamda Buyuk Britaniya tovarlar, xizmatlar, kapitallar va odamlarning erkin harakatlanishi kafolatlasagina, yagona bozorga kirishi mumkin, biz bundan voz kecha olmaymiz", - dedi Olland.
Fransiya prezidentining fikricha, Buyuk Britaniyadagi referendumda "yolg‘on Britaniya xalqidan ustun keldi".