Tarkibida Mercedes-Benz kompaniyasi ham bo‘lgan Germaniyaning Daimler konserni, Buyuk Britaniyada shinalarni suv yordamida sovutish yoki isitish tizimini patentlashtirdi, deb xabar qilmoqda AutoGuide nashri.
Bu maqsadda foydalaniladigan suv maxsus idishda saqlanadi. Sensorlar rezina haroratini nazorat qilib, zarur bo‘lganda 3ta maxsus purkagich vositasida suyuqlikni shina yuzasiga purkaydi. Bu mashinaning tez yurishi va jazirama havoda shinalarni isib ketishdan saqlaydi.
Bundan tashqari, tizim sovuq havo mavsumida shinalarga issiq suv purkash bilan muzlash va shina ichidagi havo bosimining tushib ketishiga imkon bermaydi.
Suyuqlik idishi yomg‘ir va qor yog‘ishi vaqtida old yoki orqa oynalardan tushadigan suv bilan avtomatik to‘lishi ham mumkin.