Kanada Sharqiy Yevropa hududida NATO harbiy bloki mudofaasini mustahkamlash maqsadida harbiy bo‘linma shakllantiradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Xarjit Singh Sajan ma'lum qilgan.
"NATOning mas'uliyatli sherigi sifatida, Kanada Sharqiy Yevropada tajovuzni to‘xtatib, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga urinayotgan ittifoqdoshlarini qo‘llab-quvvatlaydi", degan vazir.
Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Barak Obama Kanadani NATOning harbiy amaliyotlarida faolroq bo‘lishga chaqirgandi.