Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chovusho‘g‘li: Lavrov bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga yo‘l ochadi

Turkiya va Rossiya o‘rtasida munosabatlarning me'yorlashuv jarayoni boshlandi va ikki davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi uchun yo‘l ochildi. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyud Chovusho‘g‘li N-TV telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Rossiya va Turkiya davlat rahbarlarining suhbatidan keyin o‘zaro munosabatlar tiklana boshlandi. Ertadan boshlab Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatiladi. Umid qilamanki, biz RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama aloqalarni ham, mintaqaviy muammolarni ham samimiy muhitda muhokama qilamiz", - dedi u. 1 iyul kuni Chovusho‘g‘li Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (OChES - Organizatsiya Chernomorskogo ekonomicheskogo sotrudnichestva) vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Sochiga yetib keladi hamda bu yerda Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashadi.
Chovusho‘g‘li mintaqaviy masalalar haqida so‘z yuritar ekan, Rossiya bilan Suriya muammosi to‘g‘risida muloqotni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.
Shuningdek, vazir Suriya bilan bog‘liq bir qator masalalarda Turkiyaning faol ishtirokini ta'kidlab o‘tdi.
"Biz doimo Rossiya va Eron Suriya inqirozining yechimini topishda muhim rol o‘ynashi va albatta bu jarayonga jalb etilishi kerakligini ta'kidlaganmiz. Bu pozitsiyamiz o‘zgarmadi", - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Vengriya qishloq joylarni raqamlashtirishni birga amalga oshiradi
O‘zbekiston | 09:34
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025