«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 28 iyun kuni kechasi yuz bergan teraktdan keyin Turkiya hukumati qaroriga bo‘yicha Otaturk nomidagi xalqaro aeroport vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 29 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY-274 reysi muddati o‘zgargani haqida ma'lum qildi.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmatida berilgan xabarga ko‘ra, HY-274 reysi bilan Istanbul shahridan Toshkentga parvoz qiladigan samolyotning parvozga chiqish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 20:00 etib belgilangan.
Otaturk aeroportida yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yo‘lovchilar ushbu o‘zgarishlarni to‘g‘ri tushunishiga umid bildirgan.