Buyuk Britaniyada Brexitga qarshi ilk norozlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 28 iyun kuni London shahri markazida, Britaniyaning YeIdan chiqishiga qarshi birinchi yirik naoyish tashkil etildi. Unda bir necha ming kishi ishtirok etgan. Namoyishchilar Trafalgar maydonida to‘planib, u yerdan parlament binosi tomon yo‘l olishdi, deb xabar qilmoqda BBC.
Trafalgar maydoniga to‘planganlar, "YeI biz seni yaxshi ko‘ramiz", deya baqirishgan. Ular, shuningdek, "London– Yevropa shahri", "Men Yevropamdan chiqmayman" kabi shiorlarni ko‘tarib olishgan.
Miting qatnashchilari, YeIdan chiqish kampaniyasiga yetakchilik qilgan Londonning sobiq meri Boris Jonsonni ham haqorat qilgan.
Miting tashkilotchilari Facebook tarmog‘ida e'lon berishgach, keyinroq xavfsizlik nuqtai-nazaridan uni bekor qilishdi. Bekor qilishga, Trafalgar maydoni 10 ming kishini bag‘riga olishi, 50 ming kishi esa mitingda ishtirok etish istagini bildirgani sabab bo‘lgan.
YeI tarkibidan chiqishni xohlovchilar o‘z navbatida Britaniya poytaxtida parlament binosi tomon katta yurishni o‘tkazishni rejalashtirishgan.
foto: AFP