29 iyun Muborak Ramazon oyining 24-kunidir. Ushbu munavvar kechada ham Toshkent shahri jome masjidlarida Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.
29 iyun Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur'oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:
1. “Imom Buxoriy” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘cha,1-uy) Masjid imom-xatibi - Abdurashidov Sadriddin. Qorilar: G‘oziyev Rahmatulloh, Xudoyberdiyev Farrux, Alimov Ahmadxon, Qurbonov Ismoil.
2. “Iskandarxo‘ja” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Usta Olim ko‘chasi 46a-uy) Masjid imom-xatibi - Shokirov Abdulloxon. Qorilar: Toshboyev A'zamjon, Abdulhamid Ismatulla o‘g‘li.
3. “Mo‘yi muborak” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasi “Chorsu” mahallasi 13-A uy) Masjid imom-xatibi - Madaliyev Ilhomjon. Qori: Jalilov Nabiyuddin.
4. “Xolid ibn Valid” jome masjidi. (Manzil: Yashnobod tumani, K.Xudoyberdiyev mahallasi Chilon ota ko‘chasi 17-uy) Masjid imom-xatibi Dadashev Doniyor. Qori: Mirodilov Jasur.
5. “Yunusobod” jome masjidi. (Manzil: Yunusobod tumani, Rafiqov ko‘chasi 22-uy) Masjid imom-xatibi Toshpo‘latov Abdug‘ani. Qorilar: Qodirov Yosinbek, Salohiddinov Isoqali.
6. “Abdulloh ibn Mas'ud” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi 55-a uy) Masjid imom-xatibi Mirzayev Ergashali. Qori: Boyxonov Fozilxon.
foto:muxlis.uz