Janubiy Afrika respublikasining iqtisodiy poytaxti sanaladigan Keyptaundagi Yuqori kompyuter texnologiyalari markazida 100 million rendli (6,5 million dollar) Afrikadagi eng tezkor superkompyuter ishga tushirildi. Bu haqida TASS axborot agentligi xabar qildi.
Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, Lengau nomini olgan yangi kompyuter JARga 500ta eng qudratli kompyuterdan iborat global ro‘yxatda bittada 200ta o‘ringa ko‘tarilishga imkon berdi.
"Endi biz birinchi yuztalikdan keyingi o‘rindamiz", - dedi u.
Lengau tizimi 24 192ta protsessor yadrosi va 1008ta hisoblash tugunini o‘zida birlashtirgan, tizimdagi axborot yetkazish tezligi - soniyasiga 56 Gbit. Yangi superkompyuterning ishlab chiqarish cho‘qqisi, Linpack maxsus testlar tizimiga ko‘ra, 775 teraflopsni (1 teraflops 1 trillion operatsiyaga teng) tashkil qiladi.
Yangi uskuna bioinformatika, iqlimni modellashtirish, shuningdek astronomiya sohalaridagi tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Superkompyuterning taxminan uchdan bir qudrati sanoat, qishloq xo‘jaligi va tijorat sohalaridagi tadqiqotlarga jalb qilinadi.
Asosiy parametrlarga ko‘ra, Lengau 2009 yilda ishlab chiqarilgan kompyuterdan o‘n barobar o‘zadi. Keyingi superkompyuter JARda 2019 yildan avval chiqmasligi ma'lum bo‘ldi.
"Biz uch yillik sikl bo‘yicha ishlaymiz. Shunday ekan, hozirgi qurilma kamida uch yil davomida jahon miqyosida qoladi", - dedi u.
foto:© EPA/NIC BOTHMA