YUNISEF Suriyadagi aviazarbada 25 bola halok bo‘lganini ma'lum qildi

Jahon 06:20 / 28.06.2016 4135

26 iyunda Suriya sharqidagi Daur-az-Zor qishlog‘iga berilgan aviazarba oqibatida 25 ga yaqin bola halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 27 iyunda jurnalistlarga BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma'lum qildi.

Uning aytishicha, bunday ma'lumotga BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ega. "YUNISEF Suriyadagi hamkorlaridan kecha Al-Quriya qishlog‘iga berilgan aviazarbalar natijasida 25 bola halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni olganini ma'lum qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, uchta zarba odamlar gavjum ko‘chaga, jumladan ibodat vaqtida masjidga berilgan", deb aytdi Haq.

Suriyada zo‘ravonlik darajasi oshgan sari bolalarga hujum qilish "oddiy ishga" aylanmoqda, deb qo‘shimcha qildi Haq. "YUNISEF bu hujumlarni qoralaydi va ixtilof tomonlarini bolalarni xavfdan himoyalashga chaqirmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Haq.

Avvalroq mahalliy OAV ma'lum qilganidek, Al-Quriyaning bombardimon qilinishi oqibatida 82 kishi, jumladan 58 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Taxmincha, aviazarbadan maqsad Daur-az-Zorning ko‘plab hududlarini nazorat qilayotgan IShID jangarilari bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: