YUNISEF: G‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasa, 2030 yilga kelib 69 mln bola halok bo‘lishi mumkin

Jahon 10:48 / 28.06.2016 5787

Agar mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar sog‘liqni saqlash, ta'lim va qashshoqlikka qarshi faol chora-tadbirlar olib bormasa, 2030 yilga kelib besh yoshdan kichik bo‘lgan 69 mln bola oldini olish va tuzatish mumkin bo‘lgan kasalliklardan halok bo‘ladi. Bu haqda BMTning bolalar fondi hisoblanmish YUNISEF hisobotida ma'lum qilingan.

Hisobotda ogohlantirilishicha, agar dunyo hamjamiyati o‘z vaqtida harakatga kelmasa, 2030 yilga kelib 167 mln bola qashshoqlikda umr kechiradi, 750 mln voyaga yetmagan qizlar turmushga uzatiladi.

170 sahifali hisobotda qayd etilishicha, bolalar o‘limining yarimi Afrikada, Sahroiy Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar, shuningdek, Janubiy Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bolalar o‘limi ko‘rsatkichi Hindistonda (17 foiz), Nigeriyada (15 foiz), Pokistonda (8 foiz), Kongo Demokratik Respublikasida (7 foiz) va Angolada (5 foiz)ni tashkil etgan. O‘limga sabab birinchi o‘rinda tug‘uruq jarayonining qiyin kechayotgani, so‘ngra esa shamollash bo‘lib qolmoqda.

Bolalar o‘limi darajasi pastligi bo‘yicha Finlyandiya, Islandiya va Lyuksemburg yuqori o‘rinlarda bormoqda.

 

Foto:© EPA/YAHYA ARHAB

 

Ko‘proq yangiliklar: